UMIDJON.
Loyihaga ochiqLoyiha boshlash

umidjon@studio:~$ sotuvchi sayt

Biznesingiz uchun sotuvchi sayt yarataman.

Chiroyli emas — ishlaydigan sayt. Tahlil, sotuvchi matn va premium dizayn bir tizimda: tashrifchi arizaga aylanadi, siz esa sotasiz.

50+ saytlar · 3+ yil tajriba · 90% natija · Toshkent, O'zbekiston

Umidjon Majidov — web designer va developer, ish stolida
Umidjon MajidovWeb designer & developer · Toshkent
50+

Ishga tushirilgan sotuvchi sayt

3+

Yil digital va veb sohasida

90%

Sayt tashriflar ko'rsatkichi (60% dan o'sdi)

50%

Loyiha yetkazish muddati qisqardi

Men haqimda

Sayt yasamayman. Sotuv tizimini quraman.

Men Umidjon Majidov — sotuvchi saytlar bo'yicha mutaxassisman. Uch yildan beri O'zbekistondagi bizneslar uchun sayt qilaman: development kompaniyalar, travel agentliklar, tibbiyot markazlari va onlayn ta'lim platformalari.

Ish shablondan emas, savoldan boshlanadi: mijozingiz kim, u nimadan qo'rqadi, nima uchun raqibingizni tanlaydi. Javoblar topilgach — matn, dizayn va verstka o'z-o'zidan joyiga tushadi.

Bugun 50+ ishga tushirilgan loyiha, AsosIT'da 20+ landing va Nextmark'da jamoa boshqarish tajribasi bor. Bilganimni yashirmayman — 2 shogirdni noldan kasbga olib chiqdim.

Umidjon Majidov

Umidjon Majidov

Web designer & developer · Toshkent
Veb & No-code
TildaJavaScriptNext.jsPython
Dizayn
FigmaUI/UXWeb-designPrototip
Boshqaruv
Loyiha boshqaruviSotuvMijoz bilan muloqotTeam lead
  1. 2023

    TATU — Dasturiy injiniring

    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti · GPA 4.0

    Bakalavr bosqichi. Shu yerdan kod, tizimli fikrlash va mahsulot mantig'i boshlandi.

  2. 2025 · fevral

    Team Lead — Nextmark agency

    Web-site developers jamoasi rahbari

    5+ mijoz sayti. Jamoa jarayonini qayta qurdim — loyiha yetkazish muddati 50% ga qisqardi.

  3. 2025 · sentabr

    Web designer & developer — AsosIT

    Remote · hozirgacha

    20+ sotuvchi landing page. Sayt tashriflar ko'rsatkichini 60% dan 90% gacha ko'tardim.

  4. 2025 — hozir

    Mustaqil mutaxassis va ustoz

    Freelance IT solutions · Private tutor

    50+ freelance loyiha. 2 shogirdni noldan kasbga olib chiqdim, AI Girls Bootcamp'da 2 marta mentor va hakam.

Jamoatchilik faoliyati

  • MENTORAI Girls Bootcamp — mentor va hakam (2 marta)
  • 2024ICTWEEK — Registration Manager
  • 2024Microsoft Developers Community — Registration Manager
  • 2024World Conference on Creativity Economy
  • 2025E-Commerce Central Asia Expo
  • UM'SUM's Team 3-avlod — texnik menejer

Nima uchun sayt

Instagram sotadi. Sayt ishontiradi.

Bloger emas, biznesga o'z maydoni kerak — algoritmga bog'liq bo'lmagan, har kuni ishlaydigan va o'lchanadigan maydon. Panelni oching.

Jarayon

Brifingdan ishga tushirishgacha — sakkiz bosqich.

Har bosqichda nima bo'layotganini ko'rasiz. Sizdan faqat brifing va tasdiq talab qilinadi — qolganini men olib boraman.

  1. [01]

    Brifing

    Biznesingizni, mijozingizni va sotuv jarayoningizni chuqur o'rganamiz.

    1-kun
  2. [02]

    Biznes va raqobat tahlili

    Bozor, raqiblar va ular sotolmayotgan nuqtalarni topaman.

    1–2 kun
  3. [03]

    Sotuvchi matn

    Konversiyaga yo'naltirilgan kopirayting — sarlavhadan CTA gacha.

    2-kun
  4. [04]

    Dizayn

    Premium darajadagi vizual: tartib, ritm va e'tibor boshqaruvi.

    2–3 kun
  5. [05]

    Verstka

    Tilda'da piksel-perfect joylash. Mobil versiya alohida sozlanadi.

    1–2 kun
  6. [06]

    CRM o'rnatish

    Lidlar Telegram va CRM'ga tushadi — birortasi yo'qolmaydi.

    0.5 kun
  7. [07]

    Tekshiruv

    QA: formalar, tezlik, linklar, barcha qurilmalarda sifat nazorati.

    0.5 kun
  8. [08]

    30 daqiqalik dars

    Admin panelda o'zingiz ishlashni o'rgataman. Sayt sizniki.

    30 daqiqa

O'rtacha muddat: 7–10 kunAloqa: har kuni, Telegram orqaliYakunda: sayt + CRM + dars

Ishlarim

Tanlangan loyihalar.

[ 5 / 50+ ko'rsatilgan ]

[01]Korporativ sayt

MatchedExpo

Xalqaro ta'lim yarmarkasi uchun to'liq korporativ platforma — tadbir dasturi, ishtirokchilar va ro'yxatdan o'tish oqimi bilan.

matchedexpo.com

Saytni ochish

[02]Ko'chmas mulk · Landing

Avalon Residence

268 xonadonli turar-joy majmuasi uchun premium sayt: obyekt, joylashuv, xonadon tanlash va konsultatsiya arizasi.

avalonresidence.uz

Saytni ochish

[03]Ko'chmas mulk · Landing

Harakat

Biznes-klass turar-joy majmuasi. Kvizli hero — tashrifchi birinchi ekrandayoq xonadon tanlab, ariza qoldiradi.

harakat-tjm.uz

Saytni ochish

[04]Vizitka sayt

Fazo Avenue

JBA Group turar-joy majmuasi uchun ixcham vizitka sayt: obyekt taqdimoti, infratuzilma va bir qadamli aloqa.

fazoavenue.uz

Saytni ochish

[05]Kurs sotuvi · Landing

Performance Marketing 3.0

Abdulloh Jamilovning marketologlar uchun oflayn kursi: taklif, 5 muammo — 9 yechim strukturasi, shogirdlar natijasi va yozilish oqimi. Sayt domendan uzilgan — to'liq dizayn maketi PDF'da saqlangan.

arxiv · performance-marketing-3.pdf

Dizaynni ko'rish (PDF)

Mijozlar

Saytini men qurgan brendlar — ko'chmas mulk, travel, tibbiyot, ta'lim va IT.

Aloqa

Sotuvchi sayt kerakmi? Gaplashamiz.

Telegramga yozing — 15 daqiqalik suhbatda vazifangizni eshitaman, formatni tanlaymiz va aniq muddat bilan narxni aytaman. Bepul, majburiyatsiz.

$ loyiha_boshlash --nomi "sizning_biznes" --muddat 7d